Prezident topshirigʻi: qattiq karantin rejimi qayta joriy etiladi

22:11 29 Iyun 2020 Dunyo
441 0

Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralariga bagʻishlangan yigʻilishda Davlat komissiyasiga qatʼiy karantin joriy etish boʻyicha takliflar kiritishni buyurdi.

“Bosh vazir boshchiligidagi tegishli Davlat komissiyasi doirasida pandemiya bilan kurashish, salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha barcha yechimlarni ishlab chiqishni topshiraman. Davlat komissiyasi muhim manbalarni taqsimlash ustidan markazlashtirilgan nazoratni taʼminlashi kerak. Mavjud epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha shoshilinch choralarni koʻrish uchun Davlat komissiyasiga joriy yilning mart-may oylarida kuchga kirgani kabi ikki kun ichida qatʼiy karantin joriy etish boʻyicha taklifni ishlab chiqishni va menga taqdim etishni topshiraman”, - dedi davlat rahbari.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 21,307 kishi COVID-19 bilan kasallangan.16 639 nafar simptomsiz virus tashuvchilar aniqlangan, 187 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?