Prezident tashrifidan soʻng Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida hokim oʻzgardi

16:29 14 Mart 2020 Jamiyat
366 0

Fotо: Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm viloyatining Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Maxsud Ortiqovich Saidov lavozimidan ozod qilindi. Uning oʻrniga 2019-yildan buyon Agrosanoat kompleksini nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadmurod Sobirovich Xudoyberganov tayinlandi.

Oʻzgarish yaqinda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hududga tashrifidan keyin amalga oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?