Prezident talabalar uchun arzon internet trafiklari joriy etish boʻyicha topshiriq berdi

22:18 06 Avgust 2020 Jamiyat
1161 0

Shavkat Mirziyoyev bugungi yigʻilishda tegishli mutasaddilarga chekka hududlarni ham tezroq internet bilan taʼminlash va talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklari ajratish boʻyicha topshiriq bergan. Prezidentga bu taklifni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva bildirgan, deya xabar bermoqda OʻzA.

— Talabalar bilan doimiy muloqotdamiz, yangi oʻquv yilini boshlashda nimalarga eʼtibor berish haqida takliflar olyapmiz. Pandemiya sabab oʻtgan yili ikkinchi semestrni onlayn tarzda tashkil qildik, himoyalarni oʻtkazdik. Lekin shundan soʻng koʻpchilik talabalarda oʻziga xos takliflar va talablar yuzaga keldi. Agar yangi oʻquv yilini biz onlayn boshlaydigan boʻlsak, chekka qishloqlarni ham internet bilan taʼminlash masalasini hamda talabalar uchun muhim boʻlgan arzonlashtirilgan internet trafiklarni ajratish borasida murojaat qildim va Prezidentimiz tegishli mutasaddilarga bu boʻyicha topshiriq berdilar. Oʻylaymanki, bu hammamiz uchun juda ham qulay sharoitni vujudga keltiradi, - dedi Gulchehra Rixsiyeva.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Respublika Oliy taʼlim kengashi raisi Oʻktam Umurzoqov yangi oʻquv yili onlayn tarzda boshlanishini maʼlum qilgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?