Navoiyda fermerlar kengashlariga Prezident sovg‘asi — Damas avtomashinalari topshirildi

19:41 10 Iyul 2018 Jamiyat
368 0
Foto: Xalq so'zi

Navoiyda fermerlar kengashlariga yangi avtomashinalar topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi”ga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, respublikaning barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etildi. Shu bilan birga, ularni shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika va boshqa vositalar yetkazib berish nazar tutilgan edi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati “Qizilqum” AJ sihatgohida Karmana, Nurota, Navbahor, Xatirchi, Qiziltepa va Konimex tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga faoliyatida foydalanish uchun ajratilgan “Damas” avtomashinalari o‘z egalarini topdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?