Prezident: soliq imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi

10:21 28 Dekabr 2018 Siyosat
731 0

Illyustrativ foto

Insofli, halol soliq toʻlovchi tadbirkorlarga ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, ammo bundan keyin ham soliq toʻlashdan boʻyin tovlab yuradigan, yashirincha faoliyat olib boradigan, qora bozorda ishlaydigan tadbirkorlarga jazo choralari esa qattiq boʻlishi kerak, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida yangi soliq siyosati soʻz yuritib.

Prezidentning taʼkidlashicha, muhokamalari soʻnggi bir yildan beri davom etayotgan yangi soliq siyosati (kodeksi) — bu ogʻir yoʻl, lekin mamlakat barqaror iqtisodiyotga erishish yoʻlidagi yagona toʻgʻri yoʻldir.

Kelajakda hamma bir xil boʻladi. Falon firma, falon tashkilotga preferensiyalar bersak, rivojlanish boʻlmaydi. Shuning uchun soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilishimiz kerak, dedi Prezident.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?