Prezident Sirdaryoga tashrif buyurdi

11:15 19 Fevral 2019 Siyosat
1061 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari bu yerda “Sirdaryo universal oyna” korxonasi faoliyati, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishmoqda.

Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?