Prezident Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahriga keldi

09:16 22 Yanvar 2019 Siyosat
422 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kunning ikkinchi yarmida Berlindan Myunxen shahriga keldi. Oʻzbekiston delegatsiyasini Bavariya hukumati va jamoatchilik vakillari kutib oldi. Davlatimiz rahbari Bavariyada oʻqiyotgan, ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.

- Germaniyaga tashrif davomida juda katta kelishuvlarga erishildi. Sizlar bu yerda oʻqib, zamonaviy bilimlarni egallab Oʻzbekistonning yanada taraqqiy etishiga oʻz hissalaringizni qoʻshasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari 22 yanvar kuni Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?