Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlinga keldi

22:38 20 Yanvar 2019 Siyosat
434 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga moʻljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal Kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilgan.

22 yanvar kuni Myunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

 

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?