Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga keldi

08:16 25 Mart 2019 Siyosat
282 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati boʻlib oʻtdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara oʻtkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?