Prezident ruhiy kasalliklar shifoxonasini borib ko‘rdi

18:00 15 Iyun 2018 Siyosat
717 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo‘lib, binolarni qurish va ta’mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu yerga yana kelib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari o‘rnatilgan.

Bu yo‘nalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur yangi klinikani respublikamizning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang‘ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?