Prezident Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini rivojlantirish uchun 612 million dollar ajratdi

11:32 09 Oktyabr 2019 Jamiyat
855 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini 2020-2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qoʻqon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Margʻilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yoʻnaltiriladi.

Prezidentimiz mazkur uch yoʻnalish Qoʻqon va Margʻilonni har tomonlama yangilash, odamlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Elyor EHSONOV(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?