Prezident qarori ijrosi amaldami?

Bugun davlat xizmatlari hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Ammo, ushbu tizimning ahamiyatini, maqsadini barcha ham toʻliq tushunib yetayotgani yoʻq. Xoʻsh, nega? Nima uchun shunday vaziyat yuzaga kelmoqda?
Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sevara Zakirovaning maʼlum qilishicha, davlat xizmatlari bilan aholini yanada kengroq tanishtirish, ularda xizmatlar olish madaniyatini shakllantirish lozim. Elektron xizmatlarni ommalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchi sinf oʻquvchilari bu masalada alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan muhim kategoriya hisoblanadi. Chunki aynan ular kelgusida davlat xizmatlari foydalanuvchilari boʻladi.
Mazkur masalani bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan imzolangan tegishli qarorda yuqori sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining oʻquv dasturiga “Elektron hukumat” tizimi xizmatlaridan foydalanish, talab eng yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, Yagona portaldan foydalangan holda olish koʻnikmalariga oʻrgatishga bagʻishlangan maxsus boʻlim kiritilishi belgilangan.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari maktab oʻquvchilari oʻrtasida sinov tariqasida tegishli tadbirlarni tashkil etishni boshladilar.
Misol uchun, Fargʻona shahar maktablari yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Davlat xizmatlaridan foydalanish” mavzusida oʻquv amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi. Ularda oʻquvchilarga my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish, elektron raqamli imzo nima uchun kerakligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Onlayn xizmatlarni koʻrsatish sohasida yoshlarni tarbiyalash boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.
Rahim Sherqulov.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: