Prezident qarori bilan yana bir yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

14:16 28 Iyun 2018 Jamiyat
445 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

“Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy innavatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni ular bilan barqaror ta’minlash, yangi serhosil navlarni ko‘paytirish ishlariga munosib hissa qo‘shayotgan ilg‘or tomorqa yer egalari taqdirlanadilar.

“Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?