Prezident qarori bilan yana bir xalqaro universitet tashkil etildi

10:14 29 Iyun 2018 Hujjatlar
679 0
Pixabay

O‘zbekiston Prezidentining “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi.

Universitet turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarnitayyorlash bilan shug‘ullanadi.

2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriatiga qabul qilish kvotasi 125 kishi, jumladan, davlat grantlariga ko‘ra 42 kishi etib belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;

ilg‘or, e’tirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlaridan ozod qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?