Prezident qarori bilan Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:19 30 Mart 2018 Jamiyat
842 0

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gulnora Urmanova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, G. Urmanova bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?