Prezident paxta rivojini koʻzdan kechirdi

15:57 29 Avgust 2018 Siyosat
348 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumanidagi “Yusupov Gʻofurjon fayz” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, paxta rivojini koʻzdan kechirdi.

Toshkent viloyati fermerlari bilan muloqotda gʻoʻzani 60 santimetr oraliqda qoʻshqator ekish, agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish, suvdan tejab foydalanish, paxtani qayta ishlash masalalari haqida soʻz yuritildi.

“Bizning kamchiligimiz qishloq xoʻjaligida ilmni ishlatmaymiz. Dunyoda bozorida raqobat shafqatsiz. Unga munosib boʻlish uchun avvalo ilm kerak. Yaxshi nav, yaxshi qarov, innovatsion texnologiyalar kerak. Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur” dedi Prezident.

“Yusupov Gʻofurjon fayz” fermer xoʻjaligi joriy yilda 31 gektar maydonga gʻalla ekib, 71 sentnerdan oshirib hosil oldi. Bugungi kunda 47 gektardan ortiq maydonda gʻoʻza parvarishlanmoqda. Undan 35 sentnerdan ziyod hosil olish moʻljallanmoqda.

Fermer eksportchi tashkilotlarga mosh, loviya, ichki bozorga kartoshka va sabzi sotish boʻyicha shartnoma tuzgan.

“Qishloq xoʻjaligida klaster usuliga oʻtyapmiz, fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlayapmiz. Bugun biz sizlarga koʻmak bersak, ertaga sizlar xalqimizga koʻmak boʻlasizlar” dedi davlatimiz rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?