Prezident Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish boʻyicha koʻrsatma berdi

11:51 21 Mart 2020 Jamiyat
128 0

Arxiv surat

Xorij mamlakatlaridagi va ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish boʻyicha aviareyslarni tashkillashtirishga koʻrsatma berdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Komissiya Oʻzbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:

21-mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30da; Dehli shahridan (Hindiston) soat 17:30da;

22-mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);

23-mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;

24-mart kuni Jakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00da;

26-mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00da.

Boshqa mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish davom etadi deyiladi xabarda.

Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talablariga koʻra 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?