Prezident: Oʻquv jarayonlarini tashkil etishga vaqt berishimiz kerak

21:33 29 Aprel 2020 Siyosat
949 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻquv jarayonlarini tashkil etishga asta-sekin tayyorgarlik koʻrib borishga vaqt berish kerakligini taʼkidladi.

“Shu bilan birga, hurmatli olimlarimizga, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlariga, professor-oʻqituvchilarimizga sanitariya-gigiyena normalarini taʼminlagan holda oʻz laboratoriya va kafedralarida kundalik ishlarini davom ettirishlariga ijozat berish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Ular ilmiy va oʻquv jarayonlarini tashkil etishga asta-sekin tayyorgarlik koʻrib borishlariga, men oʻylayman, vaqt berishimiz kerak.

Albatta, vaziyatimiz yaxshilanib, ijobiy tomonga oʻzgarib borishi bilan, 10-maydan keyin biz karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarimizni yana-da dadilroq davom ettiramiz.

Lekin takror va takror aytaman: hamma joyda sanitariya talablariga amal qilishga birinchi darajali masala deb qarashimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?