Prezident Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

14:40 02 May 2018 Siyosat
716 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Davlatimiz rahbari 2017 yil iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob’ektlari bunyod etildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?