Prezident maslahatchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ham qoldi

09:23 02 Avgust 2018 Siyosat
405 0
Foto: XPK

Hukumat qarori bilan Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohitovga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Abdujabbor Abduvohitov bunga qadar ham aynan shu lavozimda, shu bilan bir vaqtda Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Hafta boshida Abduvohitov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?