Prezident mamlakatni sanoatlashtirish uchun qatʼiy topshiriq berdi

12:39 26 Dekabr 2018 Dunyo
402 0

Arxiv foto

“Biz mamlakatni sanoatlashtirishga intilishimiz kerak va buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, - dedi Tojikiston Prezidenti parlamentga qilgan murojaatida.

Davlat rahbariga koʻra, mamlakat agrar davlat hisoblanib, 75 yil davomida paxta va kam miqdordagi meva va sabzavot ishlab chiqarib kelmoqda.

“Biroq, mustaqillik yillarida bogʻlar ikki barobar koʻpayganiga qaramasdan, meva va sabzavot importidan tushadigan daromad juda kam. Vaqt va ehtiyojlar oʻzgaradi va biz mamlakatni sanoatlashtirishga harakat qilishimiz kerak. Rogʻun GESni qurdik, kelajakda sanoatni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan yana bir qator GESlarni barpo etishni rejalashtirmoqdamiz, - deydi Imomali Rahmon.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, 1992 yildan buyon ushbu sohani rivojlantirish uchun 217 loyiha amalga oshirildi va soʻnggi yillarda mamlakatimizda, jumladan, metallurgiya korxonalari, shu jumladan, yirik sanoat korxonalari tashkil etildi.

“2030 yilgacha sanoatning umumiy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 22 foizgacha koʻtarilishi kerak. Ushbu maqsadga erishish uchun biz qabul qilingan dasturlar va ushbu yoʻnalishda moliyalashtirishni qatʼiy nazorat qilishimiz kerak”, - deydi Emomali Rahmon.

Prezident viloyat, shahar va tumanlar rahbarlarini, masʼul shaxslarni ushbu yoʻnalishda qatʼiyatli ishlarni amalga oshirish, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, ishlamayotgan korxonalarni qayta tiklash va har olti oyda bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot taqdim etishni topshirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?