Prezident xususiy mulkdorlar huquqlarini qatʼiy himoya qilish boʻyicha Bosh prokuraturaga topshiriq berdi

10:22 14 Avgust 2019 Jamiyat
164 0

2019-yil 13-avgust kuni davalat rahbari tomonidan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi.

Unda ushbu yoʻnalishdagi qator ustuvor vazifalar va yoʻnalishlari belgilib berildi.

Bosh prokuratura va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakiliga ham aniq topshiriqlar berildi.

Xususan, Bosh prokuratura va Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka, jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkka tajovuz qilish, mulkdorga qasddan nomaqbul shartlarni, shu jumladan, mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishga doir asossiz talablarni qoʻyish, shuningdek, mulkni olib qoʻyish yoxud mulk egasini shaxsiy mulk huquqidan voz kechishga majbur qilishga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan tizimli nazorat (kontrol) oʻrnatadi. Shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan suiisteʼmol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur choralarni koʻradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?