Prezident Xonobod sihatgohini borib koʻrdi

15:31 16 May 2019 Siyosat
454 0

Soʻlim tabiati bilan mashhur Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 iyunda bu yerga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Oʻtgan yili bu yerda 180 oʻrinli zamonaviy sihatgoh ishga tushirildi. Davolash binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi.

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ushbu maskan toza havosi va shifobaxsh suvi bilan nafas yoʻllari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yoʻlga qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Endi ushbu togʻli hududda yengil konstruksiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarurligini taʼkidladi. Shavkat Mirziyoyev bu xizmatlar narxini kamaytirib, qamrovni kengaytirish, yana koʻplab odamlarni ish bilan taʼminlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Shu yerda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Xonobod faollari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?