Prezident Xitoyga joʻnab ketdi

11:54 24 Aprel 2019 Siyosat
364 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari u yerda “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?