Prezident iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar boʻyicha koʻrsatmalar berdi

14:30 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
630 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toyloq tumanidagi “Pet Agro Oil” qoʻshma korxonasida boʻlib, yogʻ-moy ishlab chiqarish texnologiyasini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Korxona 2017 yilda Shimoliy Irlandiyaning “Nortec Estate LLP” kompaniyasi hamda Oʻzbekistonning “Tony Green” firmasi tomonidan tashkil etilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish va qadoqlashga ixtisoslashgan. Italiya, Avstriya, Turkiya, Shveysariya, Hindiston, Bolgariya va Xitoy davlatlaridan 7 million dollarga zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan.

Bugungi kunda korxona faoliyatini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 350 tonna oʻsimlik yogʻi, 3 ming tonna tomat pastasi, 2 ming 500 tonna olma konsentrati ishlab chiqariladi. Korxona toʻliq quvvat bilan ishlagach 800 nafar mahalliy aholining bandligi taʼminlanadi.

Shu yerda Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga oid loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

2019 yilda viloyatda 355 million dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Oʻzbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elchixonalari hamda Gretsiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.

Ushbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga shakllantirilgan investitsiya loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Azia Metall Prof” qoʻshma korxonasi tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida tunukani rux bilan qoplash, qayta ishlash va polimerizatsiyalashni tashkil etish, 4 ming 300 gektar maydonga intensiv bogʻ yaratish, paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil qilish, tomchilatib sugʻorish, parrandachilikni rivojlantirish

Davlatimiz rahbariga Xitoyning “Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co. LTD” kompaniyasi tomonidan chorvachilik klasterini qurish boʻyicha loyiha konsepsiyasi, Bulungʻur, Jomboy va Payariq tumanlarida chorvachilik klasteriga tanlangan yer maydonlari, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyatini kengaytirish vazifalari haqida maʼlumot berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?