Prezident imzolagan yangi Qonunning ahamiyati nimada?

11:51 27 Iyul 2020 Hujjatlar
266 0

Xabaringiz bor, Prezident tomonidan “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–630, 24.07.2020-y.) imzolangani edi. “Huquqiy axborot” kanali ushbu huquqiy hujjatning asosiy jihatlari, ahamiyati haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Qonunga muvofiq, innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi. 

Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Vazirlik davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qonunga koʻra, innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat innovatsion tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan davlat taʼlim tashkilotlari faoliyatiga moliyaviy yordam koʻrsatadi.

Qonunga asosan, innovatsiyalar quyidagi turlarga boʻlinadi:

— mahsulotga oid innovatsiyalar;

— jarayonga oid innovatsiyalar;

— marketingga oid innovatsiyalar;

— tashkiliy innovatsiyalar.

Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ishlab chiqarish, ularning transferi va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida, yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?