Prezident imtiyozlarni oʻzining tor manfaati yoʻlida ishlatayotgan amaldor va soxta tadbirkorlar soni kundan-kunga ortib borayotgani haqida gapirdi

14:51 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
121 0

17-sentyabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishda davlat rahbari shu haqida ham gapirib oʻtdi.

– Biz bozor iqtisodiyotiga oʻtyapmiz. Bizning erkin va ochiq iqtisodiy siyosatimizni hamma ham toʻgʻri tushunmayapti, ochigʻini aytadigan boʻlsak, berilgan imkoniyat va imtiyozlarni oʻzining tor manfaati yoʻlida ishlatayotgan amaldor va soxta tadbirkorlar soni kundan-kunga ortib boryapti, – dedi Prezident.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?