Prezident ichki ishlar organlari oldidagi muhim vazifalarni belgilab berdi

22:01 10 Yanvar 2019 Jamiyat
543 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda jinoyatchilikni jilovlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Masalan, Andijon viloyatining deyarli barcha tumanida ogʻir turdagi jinoyatlar soni oshgan. Viloyatda ayollar jinoyatchiligining salmogʻi yuqori boʻlib, respublika koʻrsatkichining 8,5 foizini tashkil etgan. Qoraqalpogʻistonda jinoyatchilik 31 foiz kamaygan boʻlsa-da, qotillik holatlari koʻpaygan. Namangan viloyatida ham bu borada ahvol qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtildi.

Ichki ishlar vazirligiga yuqoridagi masalalar boʻyicha vaziyatni tubdan yaxshilash, chuqur tahlil asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

 

 

Qonun ustuvor, adolat barqaror boʻlsa, jinoyatchilikka oʻrin qolmaydi

 

 

 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?