Prezident Hindistonga joʻnab ketdi

15:58 17 Yanvar 2019 Siyosat
574 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17 yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Hindistonda davlatimiz rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida taʼkidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan “The Hindu” gazetasida “Oʻzbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni boʻladi” nomli tahliliy maqola chop etildi.

“Joʻshqin Gujarat” sammiti Gujarat shtatining yana bir shahri – Gandinagarda boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?