Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

14:33 26 Iyul 2019 Siyosat
245 0

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi “Pure milk Oqdaryo” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, mirishkorlar bilan suhbatlashdi.

- Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi. Buning uchun har bir hudud, har bir sohada imkoniyatlar bor. Qishloq xoʻjaligida – yangi texnologiyalarni joriy qilib, hosildorlikni oshirish, xomashyoni qayta ishlash. Qayta ishlash boʻlsa, daromad, ish oʻrni koʻpayadi, - dedi Prezident.

Paxtachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mazkur fermer xoʻjaligining maydoni 1 ming 360 gektar. Gʻoʻzani tomchilatib sugʻorish joriy etilgan.

Davlat rahbari qolgan xoʻjalik va klasterlar yerini ham tomchilatib sugʻorishga oʻtkazish, hosildorlik past maydonlarda gʻallani qisqartirib, daromadi undan yuqori meva-sabzavotlar ekish, fermer va klasterlar uchun minitexnologiyalar yetkazib berish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?