Prezident Farmoni bilan yangi davlat qoʻmitasi tashkil etildi

17:57 12 Dekabr 2018 Hujjatlar
978 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF-5594, 12.12.18 y.) qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmon bilan Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

Qoʻmita Hukumatning Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Farmonga muvofiq:

  • radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, istirohat bogʻlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davalat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
  • atom energiyasidan foydalanish sohasini litsenziyalash qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Qoʻmita rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?