Prezident Farmoni bilan Sherzod Kudbiyevga maxsus unvon berildi

18:00 14 May 2020 Siyosat
5060 0

Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida qayd etilgan.

Sherzod Kudbiyevga “Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi” maxsus unvoni berildi.

Eslatib oʻtamiz, Sherzod Kudbiyev bunga qadar Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?