Prezident Fargʻonaga joʻnab ketdi

12:12 14 Sentyabr 2019 Siyosat
478 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon shahrida oʻtayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 14-sentyabr kuni Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida, shuningdek, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida sanoatni kompleks rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar bilan tanishish, ishlab chiqarish korxonalarini koʻzdan kechirish, tadbirkorlar, ziyolilar bilan uchrashish ham rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?