Prezident Chiroqchi va Andijondagi voqealar uchun ichki ishlar organlari rahbarlarini tanqid qildi

21:35 30 Iyun 2020 Siyosat
167 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun kuni odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, bunday oʻzgarishlar odamlarimizda haqiqat va adolatga boʻlgan ishonchni mustahkamlamoqda. Lekin xalq sud-huquq tizimidan rozi deyishga hali asos yoʻq.

Ayniqsa, Andijon shahar va Chiroqchi tuman ichki ishlar idoralarida yaqinda sodir boʻlgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uygʻotishi, aniq xulosalar qilishga chorlashi kerakligi qayd etildi. Hozirda jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda. 7 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 16 tasi intizomiy javobgarlikka tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?