Prezident “Bek klaster” korxonasini ibrat qilib ko‘rsatdi

12:12 13 Aprel 2018 Siyosat
924 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatiga keldi. 

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari Mirzaobod tumanidagi “Bek klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona bilan tanishdi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida klaster usuli keng joriy etilmoqda. “Bek klaster” korxonasi shu yo‘nalishdagi yirik sub’ektlardan bo‘lib, unga Sirdaryo viloyatidan 18 ming gektar yer ajratilgan. Mazkur ko‘p tarmoqli klaster tomonidan Mirzaobod tumanida 100 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 25 million dollarlik mahsulot yetishtirish, ularni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ilmiy asosda yetishtirish va saqlash, xaridorini hozirdan topish zarurligini ta’kidladi. Issiqxona konstruksiyalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, meva-sabzavotchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, klaster qoshida ilmiy-amaliy markaz tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. 

Prezident qishloq xo‘jaligi texnikalarini ham ko‘zdan kechirdi.

Foto: president.uz
Foto: president.uz
Foto: president.uz

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?