Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

11:07 08 Iyun 2018 Siyosat
294 0

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga jo‘nab ketdi.

Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT sammiti doirasida bir qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?