Premyerasi kutilayotgan filmlar 

10:41 16 May 2018 Madaniyat
624 0

Alisher Navoiy nomli kino saroyida filmlar keng jamoatchilikka taqdim qilinishda davom etmoqda. 

Rejissor Laziz Ashuraliyev hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorlikda suratga olgan “Qotillar o‘yini” filmining premyerasi 17-may kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi. 

 “Qotillar o‘yini” filmi “ko‘k kit” o‘yinining ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, jangari, mistika hamda triller janrlarida suratga olingan.

Filmda bosh rollarni Shavkat Komilov, Jamila G‘ofurova, Alixan, Begzod Tojiyev, Sevara Soliyeva, Muhammad Ali Iskandarov va Feruza Sobitovalar ijro etgan.

Rejissor Azamat Ahrorov tomonidan suratga olingan “Amiran” filmining premyerasi 8-iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Film melodrama janrida suratga olingan. Bosh rollarni Azamat Ahrorov hamda Sogdiana Azimova ijro etishgan. 

Bundan tashqari rejissor Akrom Isakov tomonidan suratga olingan “Gardkam”, Ayyub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Temur”, rejissor Ozod Shamsning “Snayper” hamda Begzod Joniyevning “Salom, rashk” filmlarining premyerasi kutilmoqda. Hozircha mazkur filmlarning premyera kuni ma’lum emas. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?