Portugaliyalik futbolchi va murabbiy Angliya chempionatining iyun oyidagi eng yaxshilari deya topildi

01:39 11 Iyul 2020 Sport
348 0

«Manchester Yunayted» klubining portugalilik yarim himoyachisi Bruno Fernandes Angliya Premyer-ligasidagi iyun oyining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Turnir rasmiy saytining yozishicha, ushbu sovringa «Vulverxempton» himoyachisi Konor Kodi va uning jamoadoshi Raul Ximenez, “Sautgempton” hujumchisi Denni Ings, «Nyukasl Yunayted» yarim himoyachisi Allan Sent-Maksimen va «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsial ham mukofotga daʼvogarlik qilishdi.

Eʼtiborli jihati, Fernandes ketma-ket ikkinchi marta oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi. U koronavirus pandemiyasi oldin, fevral oyida ana shunday eʼtirofga loyiq koʻrilgandi.

«Vulverxempton» klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premyer-ligasining iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Oʻtgan oyda uning jamoasi chempionatda beshta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gʻalaba erishdi. 34-turidan keyin «Vulverxempton» 52 ochko toʻplab, turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egalladi.

Stiv Bryus («Nyukasl Yunayted»), Frenk Lempard (“Chelsi”) va Ole Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted») ham ushbu sovringa daʼvogarlik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?