“Portu” futbol klubi vakillari kuzda O‘zbekistonga keladi

12:23 24 Iyul 2018 Sport
287 0
Foto: blogspot.com

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rivojlangan mamlakatlarning akademiyalari bilan aloqa o‘rnatmoqda. Yaqinda O‘zbekiston va Portugaliya professional futbol ligalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishdi. Mazkur ish yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Portugaliyaga jo‘nab ketdi.

Kecha PFL vakili Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda yuridik masalalar bo‘yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan ko‘rishdi. Endi Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyatsiya va boshqa turli masalalar bo‘yicha o‘z mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

O‘z navbatida “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentyabr–oktyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga futbol sirlarini o‘rgatadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?