Sherobodda yangi qurilayotgan sement zavodida ilk namunaviy mahsulot ishlab chiqarildi

11:45 27 Iyul 2018 Iqtisodiyot
322 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Sherobod tumanida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilayotgan yangi sement zavodida dastlabki namunaviy mahsulot ishlab chiqarildi.

Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Ilhom Rahmatov xabar bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan barpo etilayotgan mazkur korxona yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli portland sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihani amalga oshirish uchun 212,8 million dollar mablag‘ yo‘naltirilib, eng zamonaviy uskunalar o‘rnatilmoqda. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 1000 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B. Po‘latov bosh pudratchi Turkiyaning “Dal Teknik” kompaniyasi vakillari A. Abatay va E. Durak bilan uchrashuvda loyihada belgilangan qurilish-montaj ishlarini tez va sifatli yakunlash hamda yirik sanoat korxonasini Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi bayrami arafasida ishga tushirish bo‘yicha kelishib olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?