O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 7500 dollar pora so‘ragan “O‘zbekiston temir yo‘llari” xodimi qo‘lga olindi

09:46 09 Iyul 2018 Jamiyat
281 0
Иллюстратив фото

U Toshkent temiryo‘l muhandislari institutiga o‘qishga olib kiritib qo‘yish uchun 7500 dollar so‘ragan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ixtisoslashgan qurilish-montaj podstansiyasi muhandisi Toshkent temiryo‘l muhandislari institutiga o‘qishga olib kirish uchun 7500 dollar so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U Bosh boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168- (“Firibgarlik”) va 211- (“Pora berish”) moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?