Pora evaziga avtomashinani navbatsiz olib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

20:39 17 Yanvar 2019 Jamiyat
401 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.K. “Chevrolet Sobalt” rusumli avtomashinani avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali navbatsiz olib berish evaziga fuqaro O.dan 400 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, tadbir davomida ushlangan fuqaro Z.K.ning yonida 17 ming 850 AQSH dollari va 773 ming 000 soʻm pul mablagʻlari borligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan izoh soʻralganda, 17 ming 850 AQSH dollarini Jarqoʻrgʻon tumani Dehqon bozori atrofida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi notanish shaxslardan har bir AQSH dollarini 8350 soʻmdan hisoblab, keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.K.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?