Pop tumanida yangi avtostansiya foydalanishga topshirildi

14:34 29 May 2019 Jamiyat
203 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2019-yil Namangan viloyatida “Pop avtostansiyasi” qurilishi rejalashtirilgan edi.

Kuni kecha Pop tumanidagi “Pop savdo markazi” MCHJ tomonidan qurilgan Savdo komplekslari bilan birgalikda “Pop avtostansiyasi”ning ham ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qisqa fursatlarda qurib bitkazilgan avtostansiyaning ishga tushirilishi bilan Pop tumanidagi 25-30 ming aholining yoʻlovchi tashish transportiga boʻlgan ehtiyojini qondirishga erishildi.

Hozirda avtostansiya orqali 4 ta avtobus va 20 ta yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida shahar atrofi va shaharlararo qatnovlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?