Pompeo AQSH harbiylari Afgʻonistondan 2021-yilda chiqib ketishini maʼlum qildi

21:56 03 Avgust 2020 Jamiyat
313 0

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Afgʻonistondagi harbiylar 2021-yilning may oyida bu yurtni butunlay tark etishi mumkinligini maʼlum qildi, deyiladi Gazeta.ru xabarida.

Pompeo jumladan, shunday dedi: “Oʻz kuchlarimizni Afgʻonistondan butunlay olib chiqish boʻyicha kelishuvga kelishuvga erishdik. Oʻylaymanki, bu kelasi yilning may oyida amalga oshadi”.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyining oxirida Vashington Tolibon bilan 18 yildan ortiqroq davom etgan urushdan soʻng birinchi marta tinchlik kelishuviga erishgandi.

Kelishuvga binoan Amerika harbiylari 14 oy ichida Afgʻonistonni tark etishi kerak. Ayni paytda Afgʻoniston hududidagi beshta bazaga joylashgan NATO qoʻshinlari mamlakatni tark etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?