Polvonlarimiz Osiyo chempionatining dastlabki kuni to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

12:07 19 Iyul 2018 Sport
261 0
Foto: MOQ

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

Kecha musobaqada yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda to‘rt nafar sportchimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, - 97 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Temurmirzo Mamajonov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. - 63 kg. vazn toifasidagi polvonimiz Kamol Qo‘ziyev finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Mahmud Bahshilloyev (-67 kg) va To‘rabek Tirkashev (-60 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?