Pokistonlik Naqshbandiya tariqati vakillari Surxondaryodagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi

14:02 15 Oktyabr 2018 Madaniyat
1184 0
Foto: “Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi Online“. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Pokistonning Islomobod, Peshavor, Karachi shaharlaridan kelgan 45 nafar Naqshbandiya tariqati vakillari Surxondaryo viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. 

Mehmonlar dastlab Sulton Saodat maqbarasi hamda buyuk alloma Al Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi. Keyin esa Abu Iso Muhammad at-Termiziy yodgorlik majmuasida boʻlishdi. Mehmonlar Buyuk muhaddis mangu qoʻnim topgan maskanda ziyoratchilar va sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuqori baholashdi.

“Nafaqat biz, balki ota-bobolarimiz ham Imom Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Hakim Termiziy, Bahovuddin Naqshband kabi ulugʻ zotlar qabrini ziyorat qilishni niyat qilishgan. Ana shu ulugʻ maqsadimizga erishayotganimizdan mamnunmiz, – deydi islomshunos olim, shayx Abdulhalim Tishti.

Mazkur delegatsiya tarkibida ommaviy axborot vositalari xodimlari ham boʻlib, ular Oʻzbekiston hayotiga oid turkum materiallar tayyorlashmoqda.

Pokiston delegatsiyasi Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatidagi muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qilishni rejalashtirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?