Pokistonda terrorchilik harakati oqibatida 28 kishi hayotdan ko‘z yumdi

14:46 25 Iyul 2018 Dunyo
192 0
Foto: geourdu.com

Pokistonning Belujiston muzofoti Kvetta shahrida mamlakat parlamenti quyi palatasiga bo‘lib o‘tayotgan saylov paytida amalga oshirilgan terrorchilik harakati oqibatida kamida 28 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 40 kishi jarohatlandi.

The Express Tribune nashrining yozishicha, bu Pokistondagi saylov kampaniyasi davomida ro‘y bergan birinchi terakt emas. 13 iyul kuni aynan shu muzofotdagi Mastung saylov okrugida uyushtirilgan hujumlar natijasida qariyb 130 kishi halok bo‘lgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?