Pokistonda poyezd avtobus bilan toʻqnashib 19 kishi halok boʻldi

11:33 05 Iyul 2020 Dunyo
255 0

Pokistonning sharqidagi Panjob viloyatida poyezd avtobusga urilib, kamida 19 nafar ziyoratchi halok boʻldi. Bu haqda juma kuni Geo TV xabar berdi.

Avtobus ruxsat etilmagan joydan temir yoʻlni kesib oʻtmoqchi boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi yoʻl harakati qoidalarini buzgan va yoʻlda poyezd yoʻqligiga ishonch hosil qilmagan.

Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan boʻlib, ayni damda ularning soni aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?