Poytaxtimizda qancha yosh tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqda?

18:04 28 Avgust 2018 Iqtisodiyot
409 0

Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Soliq xizmati — yosh tadbirkorlarning ishonchli hamkori” mavzusida boʻlib oʻtgan uchrashuvda aytib oʻtildi.

Qayd etilganidek, ayni paytda poytaxtimizda 10 ming nafarga yaqin yosh ishbilarmon va 720 nafar hunarmandlar oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan. Kasb-hunar kollejlarini tamomlab, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan 1136 nafar yoshlar qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha jami 2,8 mlrd. soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Davlat dasturi doirasida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan tadbirlarni 2018 yilda moliyalashtirish uchun jami 47 mlrd. 800 million soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan.

Tadbir davomida yoshlar oldida turgan toʻsiqlar oʻrganib chiqilgan holda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi hamda har bir hududiy davlat soliq inspeksiyalari rahbarlariga tadbirkorlik faoliyatini boshlagan va boshlamoqchi boʻlgan 10 nafardan yoshlar biriktirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?