Poytaxtimizda yirik xalqaro forum boshlandi. Uning ishtirokchilariga Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tabrik yoʻlladi

10:55 19 May 2019 Iqtisodiyot
571 0

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi boshlandi.

Anjumanda mazkur oliy oʻquv yurtini tamomlagan va ayni paytda turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat arboblari, siyosatchilar, yirik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yoʻllagan bayram tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov oʻqib eshittirdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Uni MDXM rektori A.Torkunov oʻqib eshittirdi.

Tadbirda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti madhiyasi yangradi. Uning muallifi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sanaladi.

Forum davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?